Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19 avgust kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari Budapesht shahrida Vengriya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazadi.
Shuningdek, Vengriyaning davlat bayrami – avliyo Ishtvan kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish hamda yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining final bellashuvlarini kuzatish rejalashtirilgan.
2022 yil oktyabrda Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban O‘zbekiston hamda Vengriya o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolagandi. 2023 yil mart oxirlarida esa Budapesht shahrida O‘zbekiston elchixonasi ochildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!