Ukrainadagi maktabga dron hujumi tufayli ikki o‘qituvchi halok bo‘ldi (foto)

Ukrainadagi maktabga dron hujumi tufayli ikki o‘qituvchi halok bo‘ldi (foto)
Ukrainadagi maktabga dron hujumi tufayli ikki o‘qituvchi halok bo‘ldi (foto)
Foto: Telegram

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Sumi viloyati Romni shahridagi maktabga hujum qildi. Bu haqda Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari Igor Klimenko Telegram sahifasida xabar berdi.

Hujum oqibatida kamida ikki o‘qituvchi halok bo‘ldi, deydi u. Qutqaruvchilar ularning jasadini topgan. Shuningdek, hujumda uch kishi jarohatlangan. Klimenkoning qo‘shimcha qilishicha, yana ikki maktab xodimi vayronalar ostida qolayotgan bo‘lishi mumkin.

Ukraina Bosh prokuraturasi maktab binosiga dron hujumi 23 avgust kuni soat 10:00 atrofida sodir bo‘lganini xabar qildi. Uch yarador ham ushbu ta’lim muassasasi xodimi ekani aytildi.

Ukrainadagi maktabga dron hujumi tufayli ikki o‘qituvchi halok bo‘ldi (foto)
Foto: Telegram

 Prokuratura xabarida aytilishicha, hujum sabab maktab binosi vayron bo‘lgan. Qutqaruvchilar vayronalar ostida qolgan odamlarni qidirishda davom etmoqda.

Ukrainadagi maktabga dron hujumi tufayli ikki o‘qituvchi halok bo‘ldi (foto)
Foto: Telegram

Shuningdek, 23 avgustga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Odessa viloyatiga uchuvchisiz uchoqlar bilan hujum qilgan. Odessa viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiperning so‘zlariga ko‘ra, hujum uch soat davom etgan, dronlar fuqarolik infratuzilmasi obyektlarini nishonga olgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar