16:17 / 25.08.2023
142

Qibray tumanida xususiy sektor rivoji uchun imtiyozlar berilmoqda

Qibray tumanida xususiy sektor rivoji uchun imtiyozlar berilmoqda

Qibray tumani soliq inspeksiyasi tomonidan “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida 2023-yilning o‘tgan davrida 1880 ta tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar o‘rganildi.

Natijada, 292 ta tadbirkorlik subyektiga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimi tanlashga ko‘maklashildi, 130 ta subyektga Ye-ijara, 194 ta subyektga Ye-imtiyoz kabi avtomatlashtirilgan dasturlardan foydalanish tartiblari tushuntirildi.

Shuningdek, 348 ta subyektga qulay soliq rejimini tanlash, yana 22 nafariga esa soliq imtiyozlarini qo‘llashda amaliy yordam berildi.

Misol uchun, Qibray tumani Qibray shaharchasida joylashgan "KANISNKA FUR" ma’suliyati cheklangan jamiyati teriga ishlov berib, 300 dan ortiq charm mahsulotlarini ishlab chiqaradi.

Mazkur korxona QQS to‘lovchisi bo‘lib, MCHJga "Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi" tamoyili asosida soliq organi xodimlari tomonidan muntazam amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Joriy yilning 18 avgust kuni Davlatimiz rahbari tadbirkorlar bilan bo‘lgan uchrashuvida korxona rahbarini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi.

Prezidenimiz tomonidan menga berilgan bu yuksak mukofot barcha xodimlarimniki, - deydi "KANISNKA FUR" mas’uliyati cheklangan jamiyati  rahbari Aleksey Manshayev. - Hozirda 150 nafar fuqarolarni ish bilan ta’minlagan bo‘lsam, yil oxirigacha yana 50 ta yangi ish o‘rinlarini yarataman. Mamnuniyat bilan aytamanki, Davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlarga berilayotgan soliq imtiyozlari faoliyatimizni yanada kengayishi uchun muhim asos bo‘ladi".

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat