date
views 856

15 yoshga to‘lmaganlar ishlashi mumkin kasblar ro‘yxati

15 yoshga to‘lmaganlar ishlashi mumkin kasblar ro‘yxati

Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sport va ommaviy axborot vositalari xodimlarining mehnat munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Ro‘yxatda 219 ta «yengil turdagi» madaniy-tomosha tashkilotlarining, televideniye, radioeshittirish muassasalarining va boshqa ommaviy axborot vositalarining ijodiy xodimlari, professional sportchilar hamda asarlarni yaratish, shuningdek, ijro etishda ishtirok etuvchi kasb va lavozimlar qayd etilgan.

Mazkur ro‘yxatda ko‘rsatilgan ishlar, kasblar, lavozimlarga 15 yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilishda ularning sog‘lig‘iga va ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazmasligi, ta’lim va kasbiy tayyorgarligi va qonunchilikda belgilangan boshqa talablarga rioya etilishi lozim.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 15 yoshga to‘lmaganlar ishlashi mumkin kasblar ro‘yxati