27 avgustdan “Tashabbusli budjet”ning 2023-yil ikkinchi mavsumidagi loyihalarga ovoz berish boshlandi.
“Ochiq budjet” portali orqali kiritilgan takliflarga quyidagi tartibda ovoz beriladi:
- Openbudget.uz saytiga kiriladi;
- “Tashabbusli budjet” bo‘limi tanlanadi;
- “Ovoz berish” tugmasi bosiladi;
- Mavjud takliflardan bittasi tanlanib, ustiga bosiladi;
- “SMS orqali” tugmasi tanlanadi;
- Telefon raqam kiritilib, matematik amal bajariladi;
- “SMS kodni yuborish” tugmasi bosiladi;
- mobil telefonga kelgan SMS kod kiritilib, yana “SMS kodni yuborish” tugmasi bosiladi.
Ovoz berish jarayonlari 16-sentabrgacha davom etadi.
Jamoatchilik fikri orqali hududlardagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga mo‘ljallangan “Tashabbusli budjet” loyihasining ikkinchi mavsumi 17 iyuldan boshlangandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborotiga ko‘ra, ushbu mavsum doirasida respublika bo‘ylab jami 49,5 mingta loyiha ilgari surilgan. Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Surxondaryo bo‘yicha – 12,3 mingta, Toshkent shahrida 4,0 mingta, Qashqadaryo viloyatida 3,6 mingta va Farg‘ona viloyatida 3,4 mingta loyiha ilgari surilgan.
Joriy mavsum uchun dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tuman (shahar) budjetlari hisobidan jami 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!