date
views 144

“Biz o‘zligimiz, urf-odatimizni tiklashimiz kerak-ku” - Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar obro‘sini ko‘tarish haqida

“Biz o‘zligimiz, urf-odatimizni tiklashimiz kerak-ku” - Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar obro‘sini ko‘tarish haqida

Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi bo‘yicha o‘tkazilayotgan videoselektorda o‘qituvchilar obro‘sini ko‘tarish haqida gapirdi.

Prezident ilgari o‘qituvchilarga hurmat boshqacha bo‘lganini, muallimlarga yo‘ldan besh metr chetga chiqib salom berilganini ta’kidlagan. Shuningdek, o‘zlikni, urf-odatni tiklash kerakligini qayd etgan.

Yoshligimizda o‘qituvchilarga yo‘ldan besh metr chetga chiqib salom berardik. Hozir shunaqa bormi? Nima o‘zgardi? Zamon tezlashdi, kompyuter kirdi, lekin biz o‘zligimiz, urf-odatimizni tiklashimiz kerak-ku? Nega ma’naviyatchilar ustozga e’tibor qilinglar deb aytmaydi? Ey, ustozga e’tibor qilinglar, ota-onalarga borib, bolang oqsoqollarga salom berishni ham bilmas ekan, deb aytmaymiz? Nima bilan shug‘ullanyapmiz?”, — Shavkat Mirziyoyev.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Biz o‘zligimiz, urf-odatimizni tiklashimiz kerak-ku” - Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar obro‘sini ko‘tarish haqida