date
views 145

Yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqaradi

Yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqaradi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limidagi masalalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilyapti.

Ma’lum qilinishicha, yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqaradi. Bunda, oliygohga kirishga ishtiyoqi bor bo‘lgan 10-11 sinf o‘quvchilariga:

- “Kimyo – biologiya”; 
- “Matematika – fizika”;
- “Matematika – chet tili”; 
- “Ona tili va adabiyot – chet tili” fanlari ularning tanlovi asosida chuqurlashtirib o‘qitiladi.

Kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi o‘quvchilarga esa, maktabning o‘zida tayyor mutaxassis bo‘lib yetishib chiqish imkoniyati yaratiladi. Sentyabrdan boshlab, ushbu tajriba salohiyati va tayyorgarligi bor 135 ta maktabda yo‘lga qo‘yiladi. Kelgusi o‘quv yilidan kamida 1 mingta maktab ushbu tizimga o‘tkaziladi.

Darslarning mazmuni ham o‘zgaradi. Bunda, 1-sinfdan kompyuter savodxonligi, yuqori sinflarda moliyaviy savodxonlik darslari joriy etiladi.

Shuningdek, bu yil maktab darsliklariga budjetdan 920 milliard so‘m ajratildi, boshlang‘ich sinflar uchun to‘liq yangi darsliklar ishlab chiqildi. Boshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan darsliklarning ikkinchi qismini ham to‘liq hajmda chop etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqaradi