Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limidagi masalalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilyapti.
O‘qituvchilarni ishga qabul qilish, ularning malakasini oshirish va toifa berish tizimi to‘liq o‘zgaradi. Har yili maktablarda 8 ming o‘qituvchi ishga qabul qilinadi, yangi maktablar hisobiga yana shuncha o‘qituvchiga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Bundan buyon, o‘qituvchilikka qabul qilish tanlov asosida bo‘ladi. Bunda, ilk bor qabul qilingan nomzodlar 1 yil o‘qituvchi-stajor bo‘lib ishlaydi va yil yakuni bilan kasbiy sertifikat olishi lozim. Kelgusida bu tizim barcha o‘qituvchilar uchun bosqichma-bosqich joriy qilinadi. Pedagog kadrlarga kasbiy sertifikat berish tartibi ishlab chiqiladi.
Endi, o‘qituvchilar malakasi tabaqalashgan holda oshiriladi. Ya’ni, malaka oshirishdan oldin o‘qituvchini bilimi diagnostikadan o‘tkaziladi va natijasiga ko‘ra individual kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari belgilanadi.
Muallimning bilim ko‘rsatkichlari baholanadi va past natija olganlari bo‘yicha o‘zi o‘qigan oliygohga reklamatsiya yuboriladi. Ya’ni, bu natijalar pedagogik oliygohlar faoliyatiga ham baho bo‘ladi. Bunda, past natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar an’anaviy usulda, yuqori natijaga erishganlari onlayn shaklda malaka oshiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!