
Sog‘liqni saqlash vazirligi 2023 yil yakuniga qadar ilg‘or xorijiy tajriba asosida quyidagilarga asosiy e’tiborni qaratgan holda «Aholi salomatligi – 2030» milliy strategiyasi ishlab chiqadi. Bu haqda prezidentning «Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan.
Dasturni amalga oshirishda xalqaro tashkilotlar va xorijiy konsalting kompaniyalari jalb qilinadi. Bunda vazirlikka quyidagi vazifalar yuklatiladi:
– aholini maksimal qamrab olgan holda birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatini unga yanada yaqinlashtirish;
– fuqarolarning sog‘lom turmush tarzini, sog‘lom ovqatlanishini va jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularni aholi orasida har tomonlama targ‘ib qilish;
– onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholining bu boradagi ehtiyojlarini qondirish;
– ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘lamini kengaytirish;
– sog‘liqni saqlash tizimini to‘liq raqamlashtirish, qog‘ozbozlikka, asossiz byurokratiyaga va navbatlarga chek qo‘yish, aholiga tibbiyot muassasalariga murojaat qilganida qulayliklar yaratish;
– zamonaviy va samarali boshqaruv usullarini joriy qilish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish;
– kadrlar salohiyatini oshirish, tibbiy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish;
– xususiy sektorni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish hamda yirik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish;
– tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
– farmatsevtika tarmog‘ini samarali tartibga solish.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!