date
views 98

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish tartibi e’lon qilindi

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish tartibi e’lon qilindi

“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Davlat hisobidan yuridik yordam jismoniy shaxslarga fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga va ma’muriy sudlarga taalluqli bo‘lgan quyidagilar haqidagi ishlar bo‘yicha ko‘rsatiladi:

  • ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash to‘g‘risidagi;
  • ishga tiklash haqidagi;
  • ish haqini undirish to‘g‘risidagi;
  • alimentlarni undirish haqidagi;
  • uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish va ko‘chirish to‘g‘risidagi;
  • mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqning boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek, boquvchining vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi;
  • Fuqarolik kodeksining 991-moddasida nazarda tutilgan tartibda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlarining va sudning qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi.

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan kam ta’minlangan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ushbu shaxslar tomonidan ma’muriy qamoq jazosi nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan hollarda ko‘rsatiladi.

Ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslarga psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda davlat hisobidan yuridik yordam:

  • tashxis qo‘yish, davolash va reabilitatsiya qilish;
  • tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash;
  • jinoyat, fuqarolik ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud-psixiatriya ekspertizasini o‘tkazish chog‘ida ko‘rsatiladi.

Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi to‘g‘risidagi ishlarni sudlarda ko‘rish chog‘ida davlat hisobidan yuridik yordam xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlashning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatiladi:

  • davlat fuqarolik xizmati sohasida;
  • saylov huquqlarini amalga oshirishda;
  • iqtisodiy sohada hamda tadbirkorlik faoliyatida;
  • mehnat munosabatlarida;
  • ijtimoiy himoya sohasida;
  • oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida;
  • ta’lim, ilm-fan, madaniyat hamda sog‘liqni saqlash sohasida.

Agar shaxs gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi bo‘lib qolsa, davlat hisobidan yuridik yordam Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda ko‘rsatiladi.

Agar kam ta’minlangan shaxs mahkum bo‘lib qolgan taqdirda, davlat hisobidan yuridik yordam qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rsatiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish tartibi e’lon qilindi