date
views 118

Tezlik 60 km/soatga tushirilgach, kamera o‘rnatilgan joylarda YTHlar 30 foizga kamaygan

Tezlik 60 km/soatga tushirilgach, kamera o‘rnatilgan joylarda YTHlar 30 foizga kamaygan

O‘zbekistonda bugungi kunga qadar huquqbuzarliklarni qayd etuvchi jami 2,5 mingdan ziyod kamera va radarlar o‘rnatilgan. Bu haqda prezident huzurida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, aholi joylarida harakatlanish 60 kilometr-soatga tushirilishi hisobiga kamera o‘rnatilgan hududlarda avariyalar 30 foizga kamaygan.

Shavkat Mirziyoyev bu ishlarni davom ettirish, “aqlli chorraha” va “aqlli svetofor” boshqaruv tizimlarini kengroq joriy qilish zarurligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi barcha shaharlar, xususan tumanlar markazlarida avtomobillar harakatining eng yuqori tezligi 2023 yil 1 apreldan boshlab soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tezlik 60 km/soatga tushirilgach, kamera o‘rnatilgan joylarda YTHlar 30 foizga kamaygan