Foto: iivtransport.uz
17 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida yo‘lovchi poyezdi qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida Nexia rusumli avtomobil bilan to‘qnashdi. Bu haqda Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.
Qayd qilinishicha, shaharlararo qatnovchi Sarosiyo-Termiz yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi «Zartepa-Surxon» temir yo‘l bekatlari oralig‘ida joylashgan, qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasidan 1981 yilda tug‘ilgan haydovchi A.O‘. boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli avtomobilni urib yuborgan.
Oqibatda, avtomobil texnik shikastlanib, metan gaz chiqa boshlagan. Shundan so‘ng, poyezdda xizmat qiluvchi safdor serjant G‘ayrat Sa’dullayev zudlik bilan avtomobilda behush yotgan haydovchini chiqarib olgan va Jarqo‘rg‘on tumani tez-tibbiy yordam markaziy shifoxonasiga olib borgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring