date
views 169

Bugun O‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» o‘tkaziladi

Bugun O‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasining «Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 22 sentyabr kuni O‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» o‘tkaziladi.

Tadbirdan asosiy maqsad avtomobillardan chiqayotgan turli zaharli gazlar orqali atmosfera ifloslanishini kamaytirishga hissa qo‘shish, qolaversa, piyoda yurish va velosipedda sayr qilishni keng targ‘ib etishdan iborat.

«Avtomobilsiz kun»da shaxsiy avtomobillar o‘rniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferani kamroq ifloslantiradigan transport vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun O‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» o‘tkaziladi