date

Endi kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

Endi kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

Kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 492-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 noyabrdan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari inson resurslarini boshqarishga oid hujjatlar elektron platformada (hrm.argos.uz) shakllantiriladi va yuritiladi.

Kadrlarga oid ma’lumot va hujjatlar quyidagi tizimlarga avtomatik yuboriladi:

  • davlat organi tuzilmasi, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari, qo‘shimcha bitimlar, vakant ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar YAMMT (my.mehnat.uz)ga;
  • qabul qilingan ichki idoraviy hujjat (buyruq, qaror va farmoyish)larni ijroga qaratish uchun edo.ijro.uz axborot tizimiga;
    xodimlarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash uchun zarur ma’lumotlar UzASBO dasturiy majmuasiga.

Kadrlar ishi raqamlashtirildi, ayni damda HRM.ARGOS.UZ axborot tizimiga 4 mingdan ortiq davlat idoralari ulandi.

Tizim qanday imkoniyatlarga ega?

  • Qog‘oz sarfini kamaytiradi;
  • Vaqtni tejaydi;
  • Kadrlar bilan ishlash jarayonini tezkor boshqarish imkonini beradi;
  • Axborot xavfsizligini ta’minlaydi;
  • Davlat organlari va tashkilotlarining barcha xodimlari bo‘yicha yagona markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi.

Bugunga qadar tizimga 4 mingdan ortiq tashkilotlar ulangan. Shuningdek, platforma samarali ishlashi uchun "kadrovik"lar bilan tizimli ishlar olib borilmoqda.

vacancy.argos.uz — vakant lavozimlar yagona ochiq portalining yangi talqini ishlab chiqiladi.

2023 yil 1 noyabrga qadar Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq (vacancy.argos.uz) portalining yangi talqini ishlab chiqiladi.

Shuningdek, davlat organlari rahbarlari 2023 yil 1 oktyabrga qadar davlat organlarining markaziy apparati, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarini elektron platforma (hrm.argos.uz)ga ulash choralarini ko‘radi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi
-->