“Mahalla nazorati” va “Mahalla raisi so‘rovi” institutlari joriy etiladi. Bu - Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangan.
Har bir fuqarolar yig‘ini huzurida mahalla raisi rahbarligida mahalla nazorati guruhi tashkil etiladi. Mahalla nazorati guruhi tomonidan aholi e’tirozlariga eng ko‘p sabab bo‘layotgan muammolarni aniqlash maqsadida muntazam ravishda muhokamalar o‘tkaziladi.
Mahalla nazorati guruhining asosiy vazifalari quyidagilar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hisoblanadi:
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi ustidan;
fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik talablarining ta’minlanishi ustidan;
davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyati ustidan;
davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarishga doir faoliyati ustidan;
mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisi, mahallalardagi yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli, ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlari faoliyati ustidan.
Mahalla nazorat guruhi tarkibini shakllantirishda gender tenglik tamoyiliga rioya qilinadi, shuningdek, tarkibiga nogironligi bo‘lgan shaxslar ham kiritiladi.
Mahalla nazorati guruhi a’zolarining soni cheklanmagan. Guruh a’zolari fuqarolar yig‘ini tomonidan har 5 yilda saylanadi. Ushbu guruhga fuqarolar yig‘ini raisi rahbarlik qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!