Joriy yilning 27 aprel kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudi fuqaro Sh.M.ning arizasiga ko‘ra, qarzdor Muborak “Paxta tozalash” AJdan ish haqi, qo‘shimcha to‘lovlari, moddiy va ma’naviy zararlarni undirish haqidagi da’vo arizasini ko‘rib chiqib, fuqaroga 48 mln. 533 ming 402 so‘m undirish yuzasidan qaror chiqardi.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Muborak tuman bo‘limi ish yurituviga joriy yilning 26 sentyabr kuni kelib tushdi va davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni to‘g‘risida qaror chiqarilib, qarzdor ogohlantirildi.
Shuningdek, qarzdorga tegishli avtotransport va ko‘chmas mulklarga ta’qiq qo‘yildi. Shundan so‘ng qarzdor Muborak “Paxta tozalash” AJ tomonidan shu kuning o‘zida mavjud qarzdorlik to‘liq to‘lab berildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar