28-sentyabr kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan omborxonada portlash yuz berdi. Oqibatda 26 ta koʻp qavatli uydagi 592 ta xonadon hamda 8 ta xizmat koʻrsatish shoxobchasi, 1 ta maktab va 2 ta bogʻcha binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar etgan.
Shuningdek, hududdagi 24 ta koʻp qavatli uy va 25 ta hovlining fasad, oyna-rom va tom qismi zarar koʻrgan. Respublika sud ekspertiza markazi davlat sud eksperti Javohir Doʻstmatov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda uy-joylar va avtomobillarga etgan zarar miqdori oʻrganilayotganini aytdi.
Javohir Doʻstmatovning ma'lum qilishicha, portlash oqibatida omborxona atrofidagi har bir koʻp qavatli uyga 500 million soʻmdan 1 milliard soʻmgacha zarar etgan.
“Hozirda 20 nafardan ortiq ekspertlarimiz hodisa joyida oʻrganishlarni davom ettirmoqda. Markazimiz tomonidan har bir xonadon egalari bilan individual suhbatlashilib, hisob–kitob ishlari olib borilyapti. Portlash oqibatida yuzaga kelgan yongʻin boʻyicha ham tadqiqotlar oʻtkazilmoqda.
Kuchli portlash ta'sirida asosan, uy-joylar va ularning jihozlari, avtomobillarga zarar etgan. Zarar miqdorini toʻgʻridan toʻgʻri aniqlash imkoni yoʻqligi sababli tegishli tartibda boshqa soha vakillari, xususan, loyiha–smetalar boʻyicha mutaxassislar bilan tadqiqot olib borilmoqda. Natijalar boʻyicha xulosalarni taqdim etamiz. Chunki ochiqlashga ma'lumotlar jamlangani yoʻq”, — dedi mutaxassis.
Toshkent ShahriSergeli TumaniPortlash OqibatlariZarar MiqdoriEkspertiza MarkaziYong'in Tadqiqotlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing