Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda aholini zilzilaga tayyorlashga mo‘ljallangan milliy elektron platforma ishga tushiriladi. Bu «Aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlash tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi» Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangan.
«Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi» doirasida xar yili respublikadagi barcha mahallalarda aholi ishtirokida zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab, maxsus-taktik va obyekt o‘quv mashqlari o‘tkazib boriladi.
Bog‘cha bolalari, maktab, texnikum o‘quvchilari, oliygoh talabalari milliy elektron platforma orqali, shuningdek, maxsus mashg‘ulotlar orqali tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan aholi, harbiy xizmat, davlat tashkilotlari rahbar xodimlari o‘quv mashqlarida tayyorgarlikdan o‘tadi.
Milliy elektron platforma orqali malaka oshirish va qayta tayyorlash o‘quv kurslari faoliyatini Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda nazorat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!