Hozirgi vaqtda aholini tadbirkorlik faoliyatiga kengroq va faol jalb etishga to‘sqinlik qiluvchi salbiy omillar biri o‘zaro munosabatlardagi qarz masalasi hisoblanadi. Qarz bu — mas’uliyat, demak. U qarz beruvchi va shuni oluvchiga ham bab-barobar tegishli. Har ikkala tomon ham shuni his etmasa, albatta, bu masalada majburiy ijro byurosi shug‘ullanishi mumkin.
Xususan, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining «Sh.Rashidov tuman yo‘llardan foydalanish» UK dan «O.Os.» MCHJ foydasiga 228,5 million so‘m qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro varaqasi Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli barcha mol-mulklariga va hisob raqamlariga taqiq o‘rnatilgan. Qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lash yuzasidan jamiyat mas’ullari bir necha bor ogohlantirilgan.
Qarzdorlik ixtiyoriy muddatda to‘lanmaganligi sababli jamiyatga qo‘shimcha salkam 14,6 million so‘m ijro yig‘imi hisoblangan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor jamiyatdan mavjud qarzdorlik va ijro yig‘imi to‘liq undirilib, ijro ishi amalda tamomlandi.
Agar jamiyat rahbarlari berilgan imkoniyatdan foydalanib, davlat ijrochisi tomonidan belgilangan ixtiyoriy muddatlarda qarzdorlikni qoplaganida ortiqcha ijro yig‘imi to‘lamagan bo‘lar edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!