
Navoiy viloyatida korrupsiyaning ijtimoiy xavfli ko‘rinishi – poraxo‘rlikka qarshi kurashish borasidagi tadbirlarda 5ta jinoyat fosh etildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuraturaning “Huquq” gazetasi.
Xususan, Navoiy kon-metallurgiya kombinati Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli 14-sonli kasaba uyushma qo‘mitasi raisi 1-avtobaza haydovchisiga oilaviy yotoqxona olib berishni va’da qilib, pora olmoqchi bo‘lgan.
“U ta’magirlik yo‘li bilan haydovchidan 300 AQSh dollari va 1,3 million so‘m pulni pora tariqasida olgan vaqtida ushlangan. Bu ikki holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, javobgarlik masalasi hal etildi”, – deyiladi gazeta xabarida.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar