Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan kadr
13 oktyabr soat taxminan 22:30 da Toshkentning Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishmasi yaqinida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
Gazeta.uz'ning poytaxt IIBB tayanib yozishicha, 2005 yilda tug‘ilgan Sh.T. o‘z boshqaruvidagi Spark (davlat raqami 80 X 013 RA) avtomobilida boshqaruvni yo‘qotib, piyodalar o‘tish joyida uch nafar piyodani urib ketgan.
Natijada piyodalar – P.X. (1983 y.t.), I.R. (1983 y.t.) va X.A. (1978 y.t.) tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Qalampir.uz xabariga ko‘ra, jabrlanganlar – Hindiston fuqarolaridir. P.X. chap boldir suyagi sinishi; I.R. bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi; X.A. esa bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi tashxisi bilan RSHTYOIMga yotqizilgan.
IIBB tergovga qadar tekshiruv boshlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!