Temiryo‘l chiptalari shunchalik arzonki, chayqovchilar ularni sotib olib, poyezd jo‘nashidan oldin odamlarga qayta sotadi. Bu haqda «O‘zbekiston temiryo‘llari» boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Hikmatilla Rahmetov OAV xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytdi.
«Chiptalar shunchalik arzonki, chayqovchilar ularni sotib olib, poyezd jo‘nashidan oldin odamlarga qayta sotadilar. Agar chipta sotilmasa, ular 15 ming so‘m jarima to‘lab, uni kassaga topshiradi. Agar ular chiptani qayta sotadigan odamni topsa, 100 ming, 150 ming so‘m daromad oladi», dedi Hikmatilla Rahmetov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, «bitta pasport – bitta chipta» tamoyili kassalarda chipta yo‘qligiga qarshi kurashishda yordam beradi.
Shu bilan birga, «O‘zbekiston temiryo‘llari» sayohat sifati va qulayligini yaxshilash uchun yangi poyezdlarni sotib olish rejalarini ham e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, yaqin kelajakda Hyundai Rotem va Škoda Transportation tomonidan ishlab chiqarilgan 30 ta tezkor elektr poyezdni sotib olish rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!