date

Oloy bozori qarshisida qiymati 10 ming evroli zamonaviy bekat qurildi (FOTO)

Oloy bozori qarshisida qiymati 10 ming evroli zamonaviy bekat qurildi (FOTO)

Chorshanba kuni Toshkent markazidagi Oloy bozori qarshisida mobil telefonlari uchun quvvatlash qurilmalari va qo‘llarni antibakteriologik tozalash uchun jihozlar bilan ta’minlangan bekat ochildi.

JCDecaux UZ va Bravo Pharma kompaniyalari bilan hamkorlikda bunyod etilgan bekat to‘rtta qismdan tashkil topgan bo‘lib, ularning har biri o‘rindiqlar bilan bir qatorda telefon va smartfonlar uchun olti nuqtada quvvatlash qurilmalari (USB-portlarni o‘z ichiga olgan jami 24 ta), yo‘lovchi transporti yo‘nalishlari xaritasi va antibakterial gel yordamida qo‘llarni tozalash uchun uskuna bilan jihozlangan, deb xabar beradi “Gazeta.uz” nashri.

Qo‘llarni tozalash uskunasini bekatga o‘rnatish g‘oyasini Bravo Pharma bosh direktori Rakesh Pandey taklif etdi.

Bravo Pharma bosh direktori Rakesh Pandey va JCDecaux UZ tijorat direktori Sanjar Yuldashev.

Bekatlarning yon panellari yo‘lovchilar uchun xavfsiz 10 mm qalinlikdagi maxsus ishlov berilgan oynadan yig‘ilgan bo‘lsa, metall tirgaklar mashina zarbasini qaytara oladi. Bir necha kun muqaddam Nukus ko‘chasida JCDecaux UZ bekatlaridan biriga avtotransport kelib urilishi bilan bog‘liq hodisada tirgaklar zarbaga dosh berdi va bekatdagi yo‘lovchilardan hech kimga ziyon etmadi.

«Bekatlarimiz dizayni Fransiyada Norman Foster tomonidan ishlab chiqilgan, — deydi JCDecaux UZ QK moliyaviy direktori Olga Akbarova. — Mazkur dizayn Toshkent hokimiyati tomonidan poytaxt ko‘chalariga o‘rnatish uchun tasdiqlandi. 200 ta shu kabi inshootga shartnoma tuzilgan». Bitta bekatning qiymati 10 ming evrodan oshadi, Toshkentda ular soni to‘rtta yangisini qo‘shib hisoblaganda 196 taga etdi.

Bekatlarga JCDecaux UZ xodimlari xizmat ko‘rsatadi. Ular har kuni bekatlar oynalarini tozalab, shikastlangan qismlarini almashtirishadi. Ayrim hollarda johilliklarga yo‘l qo‘yilayotgani sababli ba’zi bekatlarga jamoat mulkini asrashga chaqiruvchi e’lonlar yopishtirildi.

Mazkur loyiha o‘z nihoyasiga etganidan so‘ng JCDecaux UZ bekatlar bo‘yicha yangisini boshlashi ma’lum qilindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Oloy bozori qarshisida qiymati 10 ming evroli zamonaviy bekat qurildi (FOTO)