date
views 71

Tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qulaylik yaratiladi

Tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qulaylik yaratiladi

Hukumat qarori bilan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimida hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha hunarmandchilik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida ariza beruvchilar xohishiga ko‘ra “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini “Hunarmand” uyushmasiga kompozit usulda yuborish imkoniyati yaratiladi.

“Hunarmand” uyushmasiga hunarmandchilik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida ariza beruvchilarning “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lish haqida Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali berilgan arizalarini qabul qilish va natijasini mazkur tizim orqali yuborish yo‘lga qo‘yiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qulaylik yaratiladi