18:18 / 19.10.2023
118

O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi

O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi

Ikki tomonlama harbiy hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zokir Gasanov boshchiligidagi harbiy delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 19 oktyabr kuni delegatsiya vakillari mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov hamrohligida “Buxoro” poligoniga bordi. Poligonda harbiy delegatsiyani rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ikki tomonlama harbiy hamkorlik masalalarini muhokama qilishga qaratilgan rasmiy uchrashuvda O‘zbekiston mudofaa vaziri o‘zaro yaqin do‘stona munosabatlar yangi strategik sherikchilik bosqichiga ko‘tarilganligini qayd etdi. O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlik har ikki davlat armiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi harbiy, harbiy-texnikaviy, harbiy ta’lim va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik masalalari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa bir qator masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida ikki davlat mudofaa vazirlari harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida ham fikr almashdi. Hamkorlikni davom ettirish borasida takliflar bildirildi.

Uchrashuv so‘ngida esa tomonlar o‘rtasida 2024 yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik memorandumi imzolandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat