18:45 / 20.10.2023
110

Toshkent xalqaro aeroporti estakadasidagi kameralar 1 noyabrdan jarima yozishni boshlaydi

Toshkent xalqaro aeroporti estakadasidagi kameralar 1 noyabrdan jarima yozishni boshlaydi

Foto: Uzbekistan Airports

Ayeroport hududida o‘rnatilgan qoidalarga rioya etmaganlarga jarima solish bo‘yicha tizim 2023 yilning 1 noyabrdan boshlab avtomatik ravishda ishlay boshlaydi, deb xabar berdi «Uzbekistan Airports». Estakadadagi to‘xtash vaqti ruxsat berilgan muddatdan oshib ketganda yoki transport vositasi sariq chiziqda turib qolganda kameralar orqali haydovchilarga jarima yoziladi.

Shu vaqtgacha yurish qoidalariga rioya qilish va yo‘l o‘tkazgichda harakatni tartibga solish aeroport xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgandi.

Ta’kidlanishicha, aeroport estakadasida bir vaqtning o‘zida 30 tagacha avtomobil bo‘lishi mumkin. Sayyohlik avtobuslarini hisobga olgan holda bu raqam 17 tagacha kamayadi. Uzoq turishni rejalashtirayotgan haydovchilarga jo‘nash terminali oldidagi avtomobil turar joylaridan foydalanish tavsiya etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent aeroporti yo‘l o‘tkazgichi 2021 yil iyul oyidan boshlab yo‘lovchilar va kuzatuvchilar kirishi uchun ochilib, muayyan qoidalar o‘rnatilgan.  Aeroport estakadasida yengil avtomobillarga 5 daqiqagacha, turistik avtobuslar va mikroavtobuslarga 10 daqiqagacha to‘xtab turishga ruxsat etilgan.

Yo‘l o‘tkazgichning o‘ng va chap qismlarini ajratib turuvchi sariq chiziqda ham to‘xtash taqiqlanadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat