10:21 / 29.10.2023
117

O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar soni ma’lum qilindi

O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar soni ma’lum qilindi

Tadqiqotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar holatiga O‘zbekistonda 27 million Internet foydalanuvchisi va 5 million 300 mingdan ortiq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi ro‘yxatdan o‘tgan. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik axborotida qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari umumiy internet foydalanuvchilarining 20 foizini tashkil etadi.

Bu degani internet foydalanuvchilari soni umumiy aholi soniga nisbatan deyarli 75 foizini tashkil qilsa-da hozirgi zamonning keng tarqalgan ko‘nikmalaridan biri bo‘lmish ijtimoiy tarmoqlardan aholining qariyb 15 foizi foydalana oladi.

Shu munosabat bilan aholining raqamli savodxonligi va axborot madaniyatini rivojlantirish masalasi ayniqsa dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ushbu maqsadlarda respublikaning barcha tuman (shahar)larida raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha 205 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida 400 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib ularda 2022 yilda jami 144 ming nafardan ortiq tinglovchilar, shu jumladan, 29 ming nafari davlat xodimlari va 115 ming yoshlar malakasi oshirildi.

2023 yil davomida ushbu markazlarda jami 180 ming nafar yoshlar va xodimlar IT yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitilishi rejalashtirilmoqda”, - deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda “Bir million dasturchi” loyiha doirasida 2,5 million nafardan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 1,7 million nafardan ortiq ishtirokchi loyiha doirasida ta’lim olib, bitiruvchi sertifikatlarni qo‘lga kiritgan.

Shu bilan birgalikda “Bir million dasturchi” doirasida va IT-Parkning ta’lim rezidentlarida IT sertifikatni qo‘lga kiritgan yoshlarga kompyuter xaridi uchun 8,2 mln so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit ularning shaxsiy plastik kartasiga o‘tkazib berilishi tartibi yo‘lga qo‘yildi.

“Bir million dasturchi” loyihasini mantiqiy keyingi bosqichini amalga oshirish maqsadida uzbekcoders platformasi orqali “Coursera” onlayn kurslarida yoshlar uchun ta’lim olish imkoniyati yaratildi.

2023-2024 yillarda platformaning barcha kontentlaridan foydalanish imkoniyatini beruvchi 10 ming dona professional kurslar uchun litsenziyalar olinadi, 2023-2025 yillar davomida 1,2 mln. yoshlar 8 ta yo‘nalish bo‘yicha onlayn kurslarda o‘qitiladi”, - deya qo‘shimcha qilgan Raqamli texnologiyalar vazirligi o‘z axborotida.

Ma’lumot uchun: 2019-2022 yillarda “Bir million o‘zbek dasturchi” loyihasi doirasida raqamlashtirish bo‘yicha boshlang‘ich bilimga ega bo‘lib, sertifikatlarni qo‘lga kiritganlar soni 1 million nafardan ortiqni tashkil etdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat