Toshkentdan Myunxenga muntazam havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Toshkentdan Myunxenga muntazam havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Foto: Dunyo AA

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 29 oktyabr kunidan boshlab ToshkentMyunxen–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Yo‘nalish bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marta - juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Rasmiy ochilish marosimi doirasida O‘zbekiston bosh konsuli Olimjon Abdullayev va Myunxen aeroporti vitse-prezidenti Ulrix Teis o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Aviakompaniya yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va tegishli shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

1993 yildan buyon Toshkentdan Frankfurt-Mayn yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovlari dushanba, payshanba va shanba kunlari muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar