14:48 / 08.11.2023
291

Erdo‘g‘an boshchiligidagi Turkiyaning katta delegatsiyasi O‘zbekistonga yo‘l oldi

Erdo‘g‘an boshchiligidagi Turkiyaning katta delegatsiyasi O‘zbekistonga yo‘l oldi

Foto: Picture Alliance

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga yo‘l oldi.

«Anadolu» xabariga ko‘ra, bortida Turkiya davlati rahbari bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 11:00 (Toshkent vaqti bilan 13:00)da Anqaradagi Esenbog‘a aeroportidan havoga ko‘tarildi.

Prezident Erdo‘g‘anni aeroportda vitse-prezident Jevdet Yilmaz, prezident ma’muriyati ma’muriy ishlar bo‘yicha direktori Metin Kiratli va Anqara gubernatori Vaksip Shahinlar kuzatib qo‘ygan.

Tashrif chog‘ida Turkiya rahbariga tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan, savdo vaziri O‘mer Bolat, prezident ma’muriyati qoshidagi aloqalar bo‘limi rahbari Fahrettin Altun, prezident bosh maslahatchisi, elchi Akif Chag‘atay Qilich va Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim hamrohlik qiladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat