18:48 / 09.11.2023
429

O‘zbekiston, Turkiya, Eron va Qirg‘iziston birinchi xonimlari xalqaro forumda ishtirok etdi

Foto: O‘zA

Toshkentda 9-noyabr kuni Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Forumda O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, Turkiya respublikasi birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘on, Eron prezidentining rafiqasi Jamile A’lamulxudo, Qirg‘iziston birinchi xonimi Aygul Japarova, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari, yosh ekofaollar ishtirok etdi.

Foto: O‘zA
Foto: O‘zA

Forumning bosh ishtirokchilari — sizlar. Bugun bu yerda sizlarning toza, sog‘lom va barqaror muhit uchun kurashdagi yetakchiligingizni e’tirof etish maqsadida yig‘ildik. Qo‘shnilarimiz bilan birgalikda Samarqand ekologik oromgohi yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda yoshlar va bolalarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha mintaqaviy strategiyaning imzolanishi yangi kelajak sari tashlangan muhim qadam bo‘ladi”, — dedi Forum ochilishida “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva yosh ekofaollarga qarata.

Foto: O‘zA
Foto: O‘zA
Foto: O‘zA
Foto: O‘zA
Foto: O‘zA

Eslatib o‘tamiz, Turkiya, Eron va Qirg‘iziston birinchi xonimlari Toshkentda o‘tkazilayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat