19:13 / 09.11.2023
103

MCHJ ishchi xodimariga 454 million so‘mdan ziyod ish haqi undirib berildi

MCHJ ishchi xodimariga 454 million so‘mdan ziyod ish haqi undirib berildi

Byuro xodimlari tomonidan sud va boshqa organ qarorlarining ijrosini ta’minlanib, ular qatoriga nomulkiy turdagi ijro hujjatlari, jumladan ish haqini undirib berish ham kiradi. Byuroning Yuqorichirchiq tuman bulimi ish yurituvida  fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor "Global Invest Build" ma’suliyati cheklangan jamiyatdan, undiruvchilar ushbu korxonaning jami 13 nafar ishchi xodimlari foydasiga jami 454.158,5 ming so‘m ish xaqi to‘liq undirilib berishi haqidagi ijro hujjati mavjud.

Bo‘lim davlat ijrochilarining olib borgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor korxonananig hisob raqamlariga band qo‘yilgan. Natijada sudning qarorida ko‘rsatilgan talablar bajarilib, undiruvchilarning foydasiga jami  454.158,5 ming so‘m ish xaqi to‘liq undirilib 13 nafar ishchi xodimlarning plastik kartalariga o‘tkazilib berilgan.

Shuning asosida mazkur ijro hujjatlari Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlangan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat