Qarzdorlar orasida o‘z xatti-harakatlarini xizmatlar to‘liq yetkazib berilmaganligi va ularning sifati lozim darajada emasligi bilan oqlamoqchi bo‘lganlar ko‘p topiladi.
Kommunal xizmatlarni yetkazib beruvchilarga nisbatan e’tirozlarni ular yuzaga kelishi bilan yozma shaklda bildirish orqali ularning o‘sha zahoti bartaraf etilishiga yoxud boshqa qonuniy qarorlar qabul qilinishiga erishish lozim.
Biroq, indamay turib, xizmatlar haqini to‘lashdan o‘zboshimchalik bilan bosh tortish qarzdorlik yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, uni esa baribir to‘lashga to‘g‘ri keladi.
Xususan, Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining tegishli ijro hujjatlariga asosan, joriy yilning o‘tgan davrida boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga 173,1 mln so‘mlik qarzdorlik undirilib, ijro hujjatlari amalda tamomlanishi ta’minlangan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring