Byuro organlari ish yurituvidagi banklar foydasiga hal qilingan sud qarorlari ijrosini ta’minlash nazoratga olingan bo‘lib, bu borada muayyan ishlar qilinmoqda.
Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining 18.06.2023 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdorlar N.Xolova, B.Muxtorovlardan solidar tartibda “Kapitalbank” ATB “Kapital 24” CHBF Buxoro Smartbankining foydasiga 239.665.992 so‘m kredit qarzdorligi undirish, undiruvni garovga qo‘yilgan, N.Xolova nomida bo‘lgan “Captiva” rusumli avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Buxoro shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Davlat ijrochisi tomonidan shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.
Qarzdorlikni bartaraf qilish uchun qonunchilikka muvofiq qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsada, ijro hujjati talablari bajarilmagan.
Mazkur avtotransport vositasi tegishli tartibda xatlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan, qarzdorlik bartaraf qilinmagan taqdirda, mazkur mashina elektron savdo maydonchasi orqali kimoshdi savdolariga chiqarilishi haqida ogohlantirilgan.
Hozirda, ijro harakatlari davom ettirilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring