Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekistonda prezident farmoni bilan 1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar oshiriladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Prezidentining 2023 yil 17 noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi 196-sonli farmoniga ko‘ra, joriy yil 1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshirilmoqda, ya’ni:
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming so‘m;
- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming so‘m;
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 mln 50 ming so‘m etib belgilanmoqda.
Prezidentning farmoni natijasida 4,5 mln kishining pensiyasi va nafaqalari miqdori ko‘payadi va barcha budjet tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari dekabrdan boshlab 7% ga oshgan holda hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar