Har bir xalq, millat uchun o‘z Vatanining ramzlari muqaddas hisoblanadi. Shu bois ularda o‘sha xalqning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagi, asriy an’ana va urf-odatlari o‘z aksini topadi. Ana shunday ramzlardan biri bu davlat bayrog‘idir.
Respublikamiz fuqarolari uchun vatanimizning muqaddas ramzi – Davlat bayrog‘i aziz. U ma’naviyatning eng muhim timsolidir.
Shu bois, bayrog‘imizga nazar solganimizda biz ruhan jo‘shqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini, qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga ishonch tuyg‘usini his etamiz. O‘zida juda katta ma’no-mazmunni mujassam etgan, yuksak did va mahorat bilan puxta ishlangan, o‘zida butun O‘zbekiston ahlining asriy orzu-istaklarini, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini mujassam etgan bayrog‘imiz sayyoramizdagi barcha mamlakatlarning davlat ramzlari orasida alohida hurmat va ehtiromga sazovordir.
18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasida «Bayrog‘im faxrimiz, g‘ururimiz» mavzusida ma’naviy-huquqiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir boshida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi yangradi, so‘ng mavzu yuzasidan Farg‘ona davlat universiteti vakili Xusanboy Safayev ma’ruza qildi.
Shuningdek tadbirni ikkinchi qismida Byuro xodimlarining farzandlari orasida Davlatimiz bayrog‘iga nisbatan hurmat, e’tibor, shuningdek yosh avlodlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan «Bayrog‘im fahrimiz, g‘ururimiz» mavzusida ikki yo‘nalishda tasviriy san’at va she’riyat bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.
G‘oliblar Byuro rahbariyati tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring