“Dok-1 Maks” ishi: Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari 65 nafar bola o‘limiga tizim aybdorligini aytmoqda
Foto: “Daryo”
O‘zbekistondaeng kamida 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi ekaniaytilayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yichaasosiy aybdorlardan biri sifatida sudlanayotgan Farmatsevtika agentligining sobiq rahbariS.K.gumonlanuvchilarning hech birida ayb yo‘qliginiaytmoqda. Bu haqda u sud majlisida gapirib o‘tdi, deya xabar berdi “Daryo”.
Sobiq rahbar bu haqidaunga savol bergan jabrlanuvchi,Mahbuba Usmonovaga gapirib berdi.
"Sud tergovi qanday fikrda ekanini bilmadim-u, men bu yerda o‘tirgan sudlanuvchilarni o‘sha paytdagi rahbar sifatida aybdor deb hisoblamayman. Hammasi o‘z ishini qilgan. Ya’ni farmakopiyadagi xodim ham xalqaro standart asosida dorini tasdiqlagan. Bu (“Dok-1 Maks” siropining qayta ro‘yxatdan o‘tishi nazarda tutilmoqda) 2012-yilda ham shu xalqaro standart bo‘yicha tasdiqlangan. 2017-yilda ham xuddi shunday tasdiqlangan. Yo‘q, hozir sen va shu yerda o‘tirganlar aybdorsan deyilsa, unda bu dorini 2012-yilda, 2017-yilda ro‘yxatdan o‘tkazganlar ham (“Dok-1 Maks” siropi dastlab O‘zbekistonga 2012-yilda kirib kelgan) javob berishi kerak bo‘ladi. 2012-yilda bu dorini tasdiqlagan rahbar ham, xodim ham boshqa bo‘lgan. 2017-yilda ham xuddi shunday. Ammo ular va biz bitta xalqaro standart bo‘yicha dorini tasdiqlaganmiz", — dedi bu haqda gapirgan sudlanuvchi.
Sudlanuvchining bu gapidan kelib chiqib savol bergan jabrlanuvchiMahbuba Usmonova “Dorida zahar borligi keyin aniqlandi-ku, nega shuni o‘z vaqtida tekshirib ko‘rmadilaringiz? Bunchalik loqaydlikka yo‘l qo‘ydilaringiz?”, deya savol berdi.
Foto: “Daryo”
"O‘zbekistonda yiliga mingdan ortiq dori vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Shu sabab mana bu dorini mana bu tartib bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazasan, deya xalqaro standart qabul qilingan. Farmakopiyaning xalqaro standartini biznikilar ham (O‘zbekiston ham deyilmoqda — tahririyat izohi) qabul qilishgan. Lekin u yerdagi xatoni oladigan bo‘lsangiz, boshiga, 90-yillarga qaytib farmakopiyani tasdiqlagan, Britaniyada o‘tirgan fan doktorini bu yoqqa olib kelib qo‘yib, nega sen o‘sha paytda bunday xato qilgansan, deyishimiz kerak bo‘ladi", — dedi sudlanuvchi.
Farmatsevtika agentligining sobiq rahbariga ko‘ra, u va uning sudlanayotgan jamoasi O‘zbekiston farmatsevtikasida ko‘p yangiliklarni amalga oshirgan.
"O‘z vaqtida davlat rahbariga kirib, “Hurmatli prezident inspeksion tekshiruv tartibini majburiy qilaylik, chet elliklarga ishonmaylik, o‘zimiz qilaylik deb”, inspeksion tekshiruv tartibini yo‘lga qo‘ydik. Shaxsan men o‘z ishimga sovuqqonlik qildim deb o‘ylamayman. Nimadir qilolmay qolgandirman, ammo bu ishimga sovuqqonlik emas. Shu yerda o‘tirgan ommaviy axborot vositalari hamda jabrlanuvchilarga aytmoqchimanki, sudlanayotganlar qasddan shu xatoni qilgan deyish xato", — dedi sudlanuvchi sobiq rahbar.
Eslatib o‘tamiz,“Dok-1 Maks” sudi majlislarida qatnashib so‘z olgan bir nechta sudlanuvchi va mutaxassis guvohlar“Dok-1 Maks” siropi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan paytda hamxalqaro standart asosida tekshiruvdan o‘tkazilganini, shu sabab sirop tarkibidagi zaharli moddaaniqlanmaganini bildirgandi. Ularning aytishicha,nafaqat “Dok-1 Maks” tarkibi, O‘zbekistonga kirib kelayotgan boshqa dorilar tarkibi ham xalqaro standart asosida tekshirilsa, undagi zaharli moddani aniqlab bo‘lmaydi. Qachonki,qo‘shimcha tekshiruv qilinsa, zaharli dorining O‘zbekistonga kirib kelishiga to‘sqinlik qilish mumkin.