Majburiy ijro byurosining Yunusobod tuman bo‘limida banklar foydasiga hal qilingan sud qarorlari ijrosini ta’minlash borasida samarali ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining ijro varaqasiga asosan javobgar «Me. imk.» xususiy korxonasi va fuqaro T.T. hisobidan solidar tartibida undiruvchi "Garant bank" AJ foydasiga jami 2.000.000.000 so‘m kredit qarzdorlikni undirish va undiruvni garovga qo‘yilgan fuqaro T.T.ga tegishli Yunusobod tumanida joylashgan 47-uyga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan Byuroning Yunusobod tuman bo‘limiga kelib tushgan edi.
Olib borgan ijro harakatlari natijasida qarzdordan "Garant bank" AJ foydasiga kredit qarzdorlik to‘liq udirildi va davlat foydasiga jami 40.000.000 so‘m qo‘shimcha ijro yig‘imi undirilgan holda ijro ishi amalda tamomlanishi ta’minlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring