14:10 / 27.11.2023
118

O‘zbekiston hududiga Qozog‘istondan qurol olib o‘tishga urinish holati aniqlandi

Foto: Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari mamlakat hududiga pnevmatik to‘pponchaning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘ydi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan postga piyoda holda kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Uning yonida og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, qiymati 1 dona “S84 Stalker ST-11051M” nomli 4,5 millimetr kalibrli pnevmatik to‘pponchani borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi 2022-yil 31-mayda qabul qilingan qonunga ko‘ra, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, uloqtirish va tig‘li sovuq qurol va elektroshok qurilmalari shuningdek o‘qotar qurolning asosiy qismlari bilan qonunga hilof ravishda muomalada bo‘lish yoki qurol muomalasi qoidalarini buzganligi uchun jinoiy va maʼmuriy javobgarlik choralari belgilangan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat