20:26 / 28.11.2023
189

Hojiboy Tojiboyevning asarlaridan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi

Hojiboy Tojiboyevning asarlaridan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi

Kadr: YouTube

 Hojiboy Tojiboyevning merosxo‘rlari huquqlarini himoya qilish maqsadida uning asarlaridan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi. Bu haqda San’atkor, ijodkor va ijrochilar palatasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasining sa’yi-harakatlari tufayli badiiy so‘z ustasi Hojiboy Tojiboyevning merosxo‘rlari huquqlarini himoya qilish maqsadida uning asarlaridan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi. Endilikda uning asarlaridan mutlaq foydalanish huquqi “Milliy TV” telekanali va “Oriat Dono” radiosi tomonidan litsenziya asosida amalga oshiriladigan bo‘ldi.

Biz barcha tele va radiokanallarni respublikamiz mualliflari, shuningdek, xorijiy muallif va ijrochilar huquqlarini buzmaslik uchun mualliflik huquqi egalari, jumladan, palata bilan asarlardan foydalanish uchun litsenziya shartnomasi tuzishga chaqiramiz. Bu nafaqat mamlakatimiz, balki butun jahon hamjamiyati uchun muhim”, — deyiladi xabarda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat