Foto: Farg‘ona IIB
Farg‘ona viloyati “Do‘stlik” chegara postida “Baxti Tashkenskiy”ga yaqin jinoiy aloqasi bo‘lgan Doston Xalilov ushlandi. But haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, u Farg‘ona viloyati IIB hamda DXX xodimlari tomonidan uyushgan jinoiy guruhlarning faoliyatiga chek qo‘yish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar davomida ushlangan. “Baxti Tashkentskiy” laqabli Qudratullayev Baxtiyor Zaparovichga yaqin jinoiy aloqasi bo‘lgan Farg‘ona shahrida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 109-moddasi bilan sudlangan Xalilov Doston Xolbo‘ta o‘g‘li qo‘shni Qirg‘izistonga qochib o‘tmoqchi bo‘lgan payt “Do‘stlik” chegara postida qo‘lga olindi.
Foto: Farg‘ona IIB
Unga nisbatan Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring