19:32 / 06.12.2023
270

Samarqand viloyatida ham jinoiy guruh a’zolarini qo‘lga olish boshlandi

Samarqand viloyatida ham jinoiy guruh a’zolarini qo‘lga olish boshlandi

Foto: Samarqand viloyati IIB

Samarqand viloyatida ham respublikaning boshqa viloyatlari singari «Dolzarb 40 kunlik» maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruhlarga a’zo bo‘lgan, ijtimoiy muhitga salbiy ta’sirini o‘tkazishga uringan shaxslar qo‘lga olinmoqda.

Xususan, maxsus xizmatlar va huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Samarqand viloyatida jinoiy guruh a’zolari bo‘lgan 47 kishi qo‘lga olinib, ularning 6 nafariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 25 nafari ma’muriy tartibda qamoqqa olindi.

Reyd tadbirlari davomida ushbu shaxslardan giyohvandlik va psixotrop vositalar, sovuq qurollar (kastet, bita va boshqalar) protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda maxsus-reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat