date
views 117

Darslikda havolasi ko‘rsatilgan saytdagi kazino reklamasi hakerlarning ishi ekani aytildi

Darslikda havolasi ko‘rsatilgan saytdagi kazino reklamasi hakerlarning ishi ekani aytildi

Foto: O‘zA

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda rus tili maktab darsligida kazino reklamasi aniqlangani haqida xabarlar tarqaldi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirovaning ma’lum qilishicha, o‘tgan 2022 yilda chop etilgan 10-sinf rus tili darsligidagi QR-kod havolasi shu paytga qadar to‘g‘ri bo‘lgan va dars topshiriqlariga yo‘naltirilgan.

Bugungi kunda QR-kodga bog‘langan sayt buzib kirilgani mutaxassislar tomonidan tasdiqlandi”, – dedi rasmiy.

Vazirlik bu darslikdagi mashqlarni bajarish uchun QR-kod orqali kirilganda paydo bo‘layotgan onlayn kazino havolasiga kirish imkoniyatini cheklash bo‘yicha tegishli soha tashkilotlariga murojaat qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Darslikda havolasi ko‘rsatilgan saytdagi kazino reklamasi hakerlarning ishi ekani aytildi