Ishga tiklash - bu mehnat shartnomasi noqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim boshqa ishga o‘tkazilgan hollarda uning avvalgi ishiga tiklanishidir.
Xodim ishga tiklanganda, ish beruvchi xodimga yetkazilgan zararni qoplashga majburdir. Bunda xodimning majburan progul qilgan vaqti, sudga shikoyat qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar va ma’naviy zarar uchun kompensatsiya to‘lanadi.
Misol uchun, Kogon shahridagi "Kogon savdo majmuasi” MCHJ direktori o‘rinbosari J.M. nohaq ishdan bo‘shatilganligi sababli o‘z huquqlarini tiklash uchun sudga ariza bilan murojaat qilgan.
Arizani ko‘rib chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati da’voni qanoatlantirib, ijrosini ta’minlash uchun Byuroning Kogon shahar bo‘limiga yuborgan.
Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari davomida J.M. 12.12.2023 yildagi buyruq bilan direktor o‘rinbosari lavozimiga ishga tiklangan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring