23:16 / 13.12.2023
109

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida aviaqatnovlar soni haftasiga 70 taga yetkaziladi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida aviaqatnovlar soni haftasiga 70 taga yetkaziladi
Foto: Transport vazirligi

Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkilotining (ICAO) «ICAN–2023» tadbiri doirasida O‘zbekiston Transport vazirligi delegatsiyasi Saudiya Arabistoni aviatsiya ma’muriyati bilan muzokara o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida aviaqatnovlar sonini haftasiga 70 taga yetkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Qayd qilinishicha, bu O‘zbekistondan Haj va Umra tadbiriga boradigan ziyoratchilar, shuningdek, «Umra plyus» dasturi orqali O‘zbekistonga ziyorat turizmi uchun keladigan xorijiy sayyohlarga keng imkoniyatlar yaratadi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Toshkentdan Saudiya Arabistoni shaharlariga haftasiga 14 ta, shuningdek, xalqaro aeroportga ega bo‘lgan O‘zbekiston shaharlaridan Saudiya Arabistoniga haftasiga 21 ta muntazam parvozni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ta’kidlanishicha, muntazam aviaqatnovlarning qariyb ikki yarim barobar oshirilishi charter parvozlari hamda tranzit parvozlar orqali Umra safariga boruvchilar guruhini shakllantirayotgan turoperatorlarga yordam berish, agentlar tomonidan yuzaga keltirilayotgan ayrim tartibsizliklarga barham berish, O‘zbekistonning barcha aeroportlarini Saudiya Arabistoni bilan bog‘lash hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat