11:50 / 15.12.2023
221

Farg‘onada guruhbozlikda ayblanib qo‘lga olingan MMA jangchisi uzr so‘rab chiqdi (video)

Kadr: Telegram

Farg‘onada guruhbozlikda ayblanib MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov qo‘lga oligani to‘g‘risida xabar berilgandi. Farg‘ona viloyati IIB tomonidan e’lon qilingan videoda sportchi qilmishidan pushaymonligini bildirgan.

27-noyabrda sportning jangovar turi bilan shug‘ullangan Humoyun To‘xtamurodov guruhbozlikka intilib, atrofiga turli xil tezkor vaziyatga salbiy taʼsir qiluvchi shaxslarni yig‘ib, Qo‘qon shahrida ikki nafar shaxsga tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan ushlangan.

Shundan so‘ng, ijtimoiy tarmoqda To‘xtamurodov qo‘yib yuborilgani, ayni vaqtda ochiqlikda yurgani haqida xabar tarqaldi. Viloyat IIB tomonidan e’lon qilingan videodan ko‘rish mumkinki, sportchi hamon hibsda saqlanmoqda.

To‘g‘risi, o‘sha kungi bo‘lgan ishdan afsusdaman. Shu kungacha o‘tirgan bo‘lsam, har bir daqiqada o‘zim uchun xulosa chiqardim. Bundan keyin, bu ish qaytarilmaydi. Bu yerdan chiqib, vatanim uchun xizmat qilaman”, — deydi sportchi.

Humoyun To‘xtamurodovga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi bilan qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan.

Bir necha kun oldin Farg‘ona viloyatida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda guruhbozlikka aloqador 25 nafardan ortiq shaxs bezorilik ustida ushlanib, ularning faoliyatiga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada guruhbozlikda ayblanib qo‘lga olingan MMA jangchisi uzr so‘rab chiqdi (video)