12:10 / 15.12.2023
94

Germaniya tajribasi asosida dual ta’lim turi ishlab chiqiladi

Germaniya tajribasi asosida dual ta’lim turi ishlab chiqiladi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan professional ta’lim muassasalariga yil davomida  o‘quvchilarni dual ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilish tizimi joriy etilishi munosabati bilan bir qator NHHlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Mehnat bozori uchun raqobatbardosh OTM kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish hamda o‘quvchilarni dual ta’lim shaklida qabul qilishning yangi mexanizmlarini joriy etish maqsadida ayrim NHHga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

  • professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni yil davomida tashkilotlarning buyurtmalari asosida dual ta’lim shaklida o‘qitish;
  • ish beruvchilarning mavjud ehtiyoji asosida dual ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishni soddalashtirish;
  • o‘quvchilarni dual ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish tizimini raqamlashtirish.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkilotlardan biriktirilgan ustozlarning pedagogik mahoratini ixtiyoriy ravishda oshirish uchun har yili dual ta’lim shakli bo‘yicha bepul qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etadi.

Dual ta’lim shakli joriy etilgan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha tegishli ta’lim dasturlarini takomillashtirish hamda Germaniya tajribasi asosida metodik materiallarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

2024-2025-o‘quv yiliga qadar mehnat bozorining malakali kadrlarga bo‘lgan joriy va istiqbolli ehtiyojni aniqlashga mo‘ljallangan elektron platforma ishga tushiriladi.

Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom va Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat