Tadbirkorlik qilish yoki oyoqqa qayta turib olish uchun aksariyat xolatda birinchi bo‘lib imtiyozli banklarga murojaat qilinadi.
Agarda ushbu imtiyozli kredit va sharoitdan oqilona, rejali foydalanilmasa oqibati ayanchli yakunlanishi mumkin.
Tayloq tumanlararo iqtisodiy sudining 2023 yil 21 avgustdagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “CH.I.” MCHJ va qo‘shimcha javobgar “S.B” MCHJlardan undiruvchi AT “Xalq banki” foydasiga 197.676,40 AQSH dollar muddati o‘tgan kredit qarz undirish haqidagi ijro hujjati Byuroning Ishtixon tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Shuningdek, “S.B” MCHJga tegishli bo‘lgan garovga qo‘yilgan SHACMAN SX 325DR384 rusumli transport vositasiga qaratish ijro varaqada ko‘rsatilgan. Ushbu trasport vositasini realizatsiya qilish maqsadida ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilga borilganda ushbu transport vositasi yo‘qligi aniqlanib, qidiruv to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Ijro harakatlari davomida garovga qo‘yilgan SHACMAN SX 325DR384 rusumli, 2020 yilda ishlab chiqarilgan yuk-o‘ziag‘daruvchi turdagi avtotransport vositasiga davlat ijrochisining qaroriga asosan taqiq o‘rnatilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida, “S.B” MCHJga tegishli bo‘lgan SHACMAN SX 325DR384 rusumli transport vositasi 2023 yil 6 dekabr kuni Oqdaryo tumanida topilib davlat ijrochisining dalolatnomasiga asosan xatlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring