08:52 / 22.12.2023
454

Qashqadaryoda unashtirilgani aytilgan qizning onasi holatga izoh berdi

Qashqadaryoda unashtirilgani aytilgan qizning onasi holatga izoh berdi

Kadr: Telegram

Qashqadaryo viloyatida 2009 yilda tug‘ilgan, 7-sinf o‘quvchisi unashtirilayotgani haqida video tarqalgandi. Qizning onasi holatga izoh berdi.

Holat Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida bo‘lib, mas’ullar tomonidan joyiga borib o‘rganish o‘tkazilganda qizchaning ota-onasi videodagi holat aslida farzandining tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosim ekani to‘g‘risida tushuntirish bergan. D.K.ning ota-onasi ayolni turmushga chiqishga majburlash uchun jinoiy javobgarlik mavjud ekani to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Shuningdek, D.K.ning ota-onasi o‘z tushuntirishida videodagi holat to‘y yoki unashtiruv marosimi emasligi va qizini erta turmushga berish niyati yo‘qligi, unga ta’lim berish va shifokor bo‘lib yetishishi niyatida ekanligini ma’lum qilgan.

Yo‘q, haqiqatan ham unashtirilmagan — tug‘ilgan kuni edi. Hamma birinchi farzandlarimizga tug‘ilgan kuniga shunday taqinchoq taqamiz. 7-sinf deb xato aytilgan, qizim 8-sinf. Maktabini bitirgach, o‘qishda o‘qitmoqchiman”, — deydi qizning onasi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat