Toshkent shahar IIBB juda ko‘p miqdorda tovlamachilikda gumonlanayotgan to‘rt shaxs tergovdan qochib yashiringani haqida xabar berdi.
Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi bo‘yicha quyidagi shaxslar tergovdan qochib yashiringani aniqlangan:
1. 1994 y.t. Mamajonov Doniyor Dilmurodjon o‘g‘li;
2. 1985 y.t. Muxamedov Abdulla Abduraxmanovich;
3. 1992 y.t. Soliyev Jamshid Abdulazizovich;
4. 1964 y.t. Isamitdinov Xusan Xashimovich.
Tergov tomonidan ushbu shaxslarga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, sirtdan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
«Hurmatli fuqarolar, agar Siz ushbu shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki ulardan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoxud ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha xabar topsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga, 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi», deyiladi qidiruv xabarida.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring