Foto: IIBB axborot xizmati
Toshkent shahrida bir qator jinoyatlarni sodir etishda gumonlangan olti nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Poytaxtda Toshkent shahar IIBB va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning «Dolzarb qirq kunligi» doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etgan shaxslar ushlanib, gumon qilinuvchi tarzida jalb etilgan.
Ular orasida Qudratullayev Ixtiyor Baxtiyor o‘g‘li ham bor bo‘lib, u «Baxti Tashkentskiy» laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevning 1996 yilda tug‘ilgan o‘g‘lidir. U Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) bilan gumonlanib qo‘lga olingan.
Baxtiyor Qudratullayev ham dekabr oyi boshida qo‘lga olingan, mayda bezorilik va ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan uchun 15 sutkaga qamalgan, bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik), 276-modda 2-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgani ma’lum qilingandi.
Shuningdek, quyidagi besh kishi ham qo‘lga olingan:
1. Zafarov Begzod Baxtiyorovich (1994 yilda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi (tovlamachilik)
2. Jumaniyazova Nargiza Rustamovna (1983 yilda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi (tovlamachilik);
3. Badalov Jahongir Jo‘rayevich (1975 yilda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi, 168-moddasi 1-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik, firibgarlik);
4. Sulaymonqulov Sherali Ro‘ziyevich (1978 yilda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);
5. Tursunboyev Akmaljon Narimon o‘g‘li (1995 yilda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi (tovlamachilik).
Tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.
Fuqarolar agar ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsa yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsa, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 Telegram raqamiga murojaat qilishi so‘ralgan. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!